Robosell.uz platformasi ilk bor 2023-yil 1-yanvarda ishga tushirilgan. O'sha paytda u faqat restoranlar uchun telegram bot va boshqaruv panelini yaratishni o'z ichiga olgan. Eslatib o‘tamiz, bu O‘zbekistonda WebApp versiyasida chiqarilgan birinchi Telegram bot edi. Platforma suhbat, mijoz ma'lumotlar bazasi, buyurtmalarni boshqarish va rassilka yuborish funksiyalarini taklif qildi.
Bundan tashqari, Robosell.uz “Manba” funksiyasini joriy etgan birinchi platformalardan biri bo‘ldi. Bu nima degani? Bu shuni anglatadiki, tadbirkorlar ushbu funksiyadan foydalangan holda mijozlaridan qayerdan va qancha mablag‘ tushayotgani haqidagi ma’lumotlarni ko‘rishlari va boshqarishlari mumkin.
Robosel.uz platformasining birinchi mijozlari Jumanji restorani va Xon Xonim kafesi bo‘ldi.
Artur Babajanov (“Jumanji” restorani):
Ushbu botning WebApp dizaynini birinchi marta ko'rganimda, uni ishlatish qulayligi va ajoyib funksionalligi meni hayratda qoldirdi. Biz darhol Robosel.uz dan foydalanishni boshladik. E'tiborimizni tortgan yana bir jihat "Manba" funksiyasi edi. Bu marketingga katta mablag' sarflaydigan biznes egasi uchun juda muhimdir. Ushbu platforma tufayli biz mijozlarimizning o'sishi va daromadimizni aniq kuzatishga muvaffaq bo'ldik.
Javlon Muyiddinov (Xon Xonim):
Robosell.uz kabi botlar hayotimizni ancha osonlashtiradi. Dasturchilar xizmatlaridan ko'p pul yo'qotgan odam sifatida men uzoq vaqt mana shunday jamoa va aynan shunday platformani qidirayotgan edim. Ancha vaqt davomida men deyarli hech narsa qilmagan dasturchiga katta miqdorda pul sarfladim. U doimo botni o'chirib qo'yish bilan tahdid qilgan. Ammo hozir men bundan xotirjamman. Men Robosell kabi loyihalar va bunday jamoalarni doim qo'llab-quvvatlayman.